Ikki do'st hamkorligi

Korxonamiz 2007- yilda tashkil topgan bo'lib. Dastlab rezina tapochkalar va rezina etikchalar ishlab chiqarilgan

Rivojlanish

Korxonamiz negizida 2007- yil ""POYAFZAL SERVIS-URGUT"" O'zbek-Xitoy qo'shma korxonasi tashkil qilingan.

Ajralish

2015 - yil avgust oyida sheriklik ishlari tugatilib yangi brendlar ajralib chiqdi. Biz "Goldman" sheriklarimiz "Grand" savdo belgisi bilan bozorda o'z o'rnimizni yaratdik

Eksport

2016 - yilda Tojikiston Respublikasiga Eksport qilishni boshladik. 2017 - yilda Qirg'iziston Respublikasiga eksportni yo'lga qo'ydik

Kengayish

2016-2017 yillarda oyoq kiyimlar turlarini ko'paytirdik va mijozlarimiz talabiga qarab ayollar va qizlar uchun "Lady" , erkaklar va bolalar uchun "Goldman Shoes", sport oyoq kiyimlari uchun "Afina", va "Angold" nomlari bilan yangi turdagi oyoq kiyimlarni ishlab chiqarishni boshladik.

2019 -yil oxiriga kelib Xitoylik Hamkorlarimizdan ulushlarini sotib olib va korxona maqomi o'zgarib "Poyafzal Servis Urgut" 100% o'zimizning ulushimiz bilan ishlab kelyapmiz.

2020 - 2022 yillarda eksport hajmi 70 - 85% ni tashkil qildi. 2022 - Tojikiston, Qozoqiston va Qirg'izistondan tashqari Moldoviya, Azarbayjon va Kolumbiya davlatlariga eksportni yo'lga qo'yildi. Rossiya Federatsiyasi Kavkaz o'lkalariga ham mahsulotlarimiz kirib boryapti.